2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
ANDIJON VILOYATI: Andijonda yosh muhandislar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 02.04.2026
  • 17

Bugun, 02-aprel kuni "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialida payshanba — "Yoshlar kuni" doirasida Filial direktori Obidov Baxtiyor Toxirovich yosh mutaxassislarni muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida yosh muhandis xodimlar bilan, shuningdek, Filial mutaxassislari Andijon davlat texnika instituti “Elektr muhandisligi” kafedrasi 2-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

✔️ Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot