

Ko‘pchilikka maʼlumki, bugun, 9-aprel — buyuk bobokalonimiz, ulug‘ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun.
✍️ Bundan 690-yil ilgari O‘zbekiston zaminida tug‘ilib voyaga yetgan jahongir dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirdi, buyuk davlat barpo etib, uni ilm-maʼrifat, meʼmorchilik markaziga aylantirdi.
✔️ Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati