2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, e’lon! Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari diqqatiga!
  • 10.04.2026
  • 15

11–12-aprel kunlari “Boshqaruv raisi kubogi-2026” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

✔️ Joriy yilning 7-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yigʻilishida Davlatimiz rahbari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi  islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surib, davlat tashkilot va idoralariga bir qator vazifalar qo‘ydi.

⚡️  Energetika sohasi yosh muhandislari ishtirokidagi tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida, mavjud anʼanaga ko‘ra, 2026-yil 11–12-aprel kunlari Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi  “Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Boshqaruv raisi kubogi-2026” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Unda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutaxassislari, shuningdek magistral elektr tarmoqlari filiallaridan sport jamoalari ishtirok etishadi. 

Tadbir manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Darxon» mahallasi, “Energetiklar sihatgohi”. 

✔️ Mas’ul: Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»; @uzbekistonmet_uz 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati