

Ochilish marosimida so‘z olgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar siyosati yo‘nalishidagi tashabbuslari-yu islohotlari bugungiday salomatlik, do‘stlik, birdamlik va vatanparvarlik hissiga to‘yingan tadbirlar uchun dasturulamal bo‘layotganini alohida eʼtirof etib, Aksiyadorlik jamiyatining 18 ta filial/tuzilmalaridan ishtirok etayotgan futbol jamoalariga omad tiladi.
⚡️ Sports tadbirida, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishmoqda.
✔️ Eslatib o‘tamiz, musobaqa o‘yinlarini O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasidan taklif etilgan hakamlar boshqarib bormoqda.
♦ Ayni paytda yarimfilialda ishtirok etish uchun energetiklar futbol jamoalari o‘rtasida qizg‘in bahslar davom etmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati