2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Sport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
  • 12.04.2026
  • 4

“Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mini futbol bo‘yicha sport musobaqasining yakuniy bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tib, g‘olib jamoalar aniqlandi.

⇒ Musobaqa g‘oliblari:

► 1-o‘rin — "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mini futbol jamoasi;

► 2-o‘rin —  "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mini futbol jamoasi;

► 3-o‘rin — "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali mini futbol jamoasi. 

G‘olib jamoa aʼzolari ko‘ksiga medallar taqilib, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Musobaqa go‘liblari zamonaviy smartfon sohibi bo‘lishdi. 

“Boshqaruv raisi kubogi” sovrin nishonini yosh energetiklar Surxondaryo viloyatiga olib ketishdi. 

Navbatdagi kubok, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov taklifi bilan,  joriy yil kuz oylarida Termiz shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

Shu bilan birga, barcha musobaqa ishtirokchi jamoalariga kitoblar to‘plami taqdim etildi. 

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati