

Jumladan, filial tasarrufidagi Xovos tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli L-DNS-2-1 havo elektr uzatish liniyasida navbatdagi reja asosidagi profilaktik ishlar amalga oshirildi. Xususan, liniyada qushlarning qo‘nishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida maxsus qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar (ППЗ) o‘rnatildi.
Bundan tashqari, liniya bo‘ylab tayanch ustunlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning mustahkamligi va xavfsizligi tekshirildi.
⚡️ Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida 220 kV kuchlanishli L-DNS-2-1 havo elektr uzatish liniyasining ishonchliligi yanada oshirilib, iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror va sifatli yetkazib berish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!