2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov bo‘linmalari xodimlarining bilim-malakasi oshirilmoqda
  • 21.04.2026
  • 14

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli podstansiyalarda mehnat faoliyati yuritayotgan idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov bo‘linmalari xodimlari (140 nafar) joriy yilning 10–19-aprel kunlari (1-bosqich) Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘qitilib, bilim-malakasi oshirildi.

✅ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28 noyabrdagi PQ–360-son qarori.

⇒ Maʼlumot o‘rnida: Malaka oshirish amaliyotlarining 2-bosqichi (142 nafar xodim) 2026-yilning 22–30-aprel kunlarida amalga oshiriladi.

✍️ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati