
«O‘zbekiston MET» aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan nomzodlarni suhbatga taklif etadi:
1️⃣ Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limiga yetakchi mutaxassisi;
2️⃣ Elektr tarmoqlarini strategik rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimi.
Vaqt va muddatlar:
♦ Hujjat qabul qilishning yakuni: 2026-yil 24-aprel, soat 12:00 gacha.
♦ Suhbat o‘tkazilish vaqti: 2026-yil 27-aprel, soat 15:30.
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
❗️ Nomzodlar diqqatiga! Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
▪️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati