2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati (Sport targ’iboti)
ONLINE: Ayni daqiqalarda!
  • 25.04.2026
  • 15

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialidan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, shanba — dam olish kunlari sog‘lomlashtirish-sport tadbirlarida filial jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilarning jismoniy faolligi oshadi, jamoaviylik, do‘stlik va hamkorlik muhiti mustahkamlanadi. Shu bilan birga, sportning inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega ekani yana bir bor namoyon bo‘ladi.

Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda! 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot