2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: “Urganch–Xiva” avtomagistrali loyihasi doirasida metall konstruksiyali tayanch ustunlari ko‘chirilmoqda
  • 27.04.2026
  • 17

Xorazm viloyati hududida barpo etilayotgan “Urganch–Xiva” avtomagistrali loyihasi doirasida elektr uzatish tarmog‘ida qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda.

Xususan, mazkur yo‘l bilan kesishgan hududlarda  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali balansidagi ayrim metall konstruksiyali tayanch ustunlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon elektr uzatish tarmoqlarining xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, yangi yo‘l infratuzilmasini barpo etish talablariga moslashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

⚙️ Mutaxassislar tomonidan barcha ishlar belgilangan texnik me’yorlar asosida, yuqori sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda bajarilmoqda. Avtomagistralga tutash metall konstruksiyali tayanch ustunlarni ko‘chirish ishlari olib borayotgan ishchi-xodimlarga Filial kasaba uyushmasi tomonida issiq ovqat tashkil qilinmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot