

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-Amir-Temur-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida reja asosida nazorat ko‘rigi va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Mazkur ta’mirlash ishlari elektr energiyasini sifatli va ishonchli yetkazib berishni ta’minlash, mavjud uskunalarning texnik holatini yaxshilash hamda avariya holatlarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Nazorat ko‘rigi va ta’mirlash jarayoni davomida ustunlar oralig‘ida shox-shabbalardan tozalash, boltli ulamalarni tekshirish, nuqsonli izolyatorlarni almashtirish, doimiy belgilarini yangilash, zarur texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI