2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI: 2026-yil 1-chorak yakunlari va 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari
  • 04.05.2026
  • 41

Aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasini uzatish, tizimlarni ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish borasida 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil rejasiga muvoviq davom ettirilayotgan vazifalar yuzasidan maʼlumot.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2019-yil 27-martdagi PQ–4249-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati elektr energiyasi transportirovkasi va davlatlararo tranzitini amalga oshirishdan iborat.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial mavjud, ularda jami 8 973 nafar xodimlar faoliyat yuritmoqda. 14 ta Magistral elektr tarmoqlari, “Energomaxsusavto”, “Energo-IT” hamda “Magistraltarmoqqurilish” filiallari.

I. Elektr energiyasini uzatish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, iqtisod qilish bo‘yicha:

1-CHORAKDA:

· 21,9 mlrd. kVt∙soat (108%) elektr energiyasi transportirovka qilindi;

· texnologik yo‘qotish miqdori 1,1 mlrd. kVt∙soat, 3,97 %ni tashkil etdi (meʼyor 1,2 mlrd. kVt∙soat, 4,99 %);

· 19,9 mln kVt∙soat (101%) elektr energiyasi iqtisod qilindi;

· energoaudit (“TTT-AUDIT” MCHJ, 2025-yil sentyabr) xulosasiga ko‘ra-yiliga 3,6 mln kVt∙soat elektr energiyasini tejash chora-tadbirlari belgilandi;

· 1,9 mln dollarlik tranzit xizmati ko‘rsatildi;

· bir birlik (1000 kVt∙soat uzatish) xizmat ko‘rsatish uchun elektr energiya sarfi 48,7 kVt∙soat (reja 53,3 kVt∙soat);

· o‘z isteʼmoli 12,8 mln kVt∙soat (reja 17,9 mln kVt∙soat), xo‘jalik isteʼmoli 1,1 mln kVt∙soatni (reja 1,9 mln kVt∙soat) tashkil etdi;

· jami 834kVt quyosh panellari o‘rnatildi.

2026-yil YAKUNIGA QADAR (REJA):

· 82,1 mlrd kVt∙soat elektr energiyasi transportirovka qilinadi, texnologik yo‘qotish 4,3 mlrd kVt∙soat, 4,96 % (meʼyor 4,4 mlrd kVt∙soat, 5,06 %) miqdorida bo‘lishiga erishiladi, 115,3 mln kVt∙soat (103%) elektr energiyasi iqtisod qilinadi;

· 8,8 mln dollarlik tranzit xizmati ko‘rsatiladi;

· bir birlik (1000 kVt∙soat uzatish) xizmat ko‘rsatish uchun elektr energiyasi sarf rejasi 50,9 kVt∙soat;

· o‘z isteʼmoli 69,5 kVt∙soat (reja 78,1 kVt∙soat), xo‘jalik isteʼmoli miqdori 4,5 kVt∙soatni (reja 6,3 kVt∙soat) tashkil etadi;

· 490 kVt qo‘shimcha quyosh panellari o‘rnatiladi.

I. Asosiy faoliyat (ekspluatatsiya, taʼmirlash, zaxira) bo‘yicha:

Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida ayni paytda 1 675 ta podstansiya, 38 623 km  uzunlikka ega elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lib, umumiy quvvat 61 012 MVA ni tashkil etadi.

1-CHORAKDA:

· 15 146 km (107 %) tarmoqlar rejali ko‘rikdan o‘tkazildi, 9 134 km (100 %) tarmoqlar va 444 ta (101 %) podstansiyalardagi elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi, 9,1 km tarmoqlar dron ko‘rigidan o‘tkazildi 71 ta (101 %) sovitish tizimlari taʼmirlandi, 9 134 ta izolyator almashtirildi;

· 781 ta (108 %) transfomator, 861 ta (113%) o‘chirgich va 5 425 km (105%) tarmoqlar joriy taʼmirlandi;

· 11 ta (183 %) transformator, 62 ta (115%) o‘chirgich va 243 km (279%) havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlandi;

· avariyalarni tezkor bartaraf etish uchun 222 ta navbatchi guruhlar brigadalari maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

· 799 dona transport vositalari va mexanizmlari mavjud. 210dona maxsus transport, 18 dona avtobus, 124dona yuk avtotransport, 120 dona yengil avtotransport, 69dona mexanizmlar, 258dona operativ (tezkor) vositalar.

Joriy-yil “yoz mavsumi” va 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida

BAJARILDI: 2026-yil 1-chorakda,

· 23 552 km magistral elektr uzatish tarmoqlardan 5 667 km (24 %), 2 817 ta kuch transformatorlardan 792 ta (28 %), 4 217 ta o‘chirgichlardan 921 ta (22 %) taʼmirlandi.

· Magistral elektr tarmoqlari uchun 36 ta temir-beton tayanchlar, 24 ta metal tayanchlar, 10 000 dona izolyatorlar, 45 ta transformatorlar, 120 tonna transformator moyi, 700 kg texnik plastinalar, 15 tonna simlar, 9,8 km kabellardan iborat avariyaviy zaxira yaratildi.

· “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi”ga asosan 63 taII darajali o‘chishlar hisobga olingan (o‘tgan-yil mos davriga nisbatan 52 taga oshgan).

BAJARILMOQDA: 2026-yil davomida,

 · 36 633 km tarmoqlar rejali ko‘rikdan o‘tkaziladi, 36 993 km tarmoqlar va 1 676 ta podstansiyalardagi elektr qurilmalar kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkaziladi, 37 km tarmoqlar dron ko‘rigidan o‘tkaziladi, 33 934 ta izolyator almashtiriladi, 582 ta sovitish tizimlari taʼmirlanadi;

· 2 750 ta transformator, 3 939 ta o‘chirgich va 21 414 km havo elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlanadi;

· 67 ta transformator, 278 ta o‘chirgich va 2 139 km havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlanadi;

· Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari isrof bo‘lishini oldini olish maqsadida 4 dona zamonaviy yoqilg‘i tarqatish kolonkalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

III. Investitsiya dasturlarining ijrosi bo‘yicha:

1-chorakda, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 117,2 mln dollar o‘zlashtirildi, yaʼni shu mablag‘lar miqdoriga teng miqdorda ishlar bajarildi (reja 83,8 mln dollar, 140 %), shundan:

· xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 105,5 mln dollar (reja 72,9 mln dollar 145 %,-yillik rejaga nisabatan 20 %);

· davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan 19,5 mln dollar (reja 11,1 mln dollar, 176 %), boshqa xorijiy investitsiyalar 86,0 mln dollar (reja 61,8 mln dollar, 139 %).

· soha mablag‘lari hisobidan 2,2 mln dollar (reja 0,9 mln dollar, 246 %);

· tijorat bank kreditlari hisobidan 4,0 mln dollar (reja 4,0 mln dollar, 100 %);

· tiklanish va tarraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5,4mln dollar(reja 6,0 mln dollar, 91 %).

Shuningdek, ijtimoiy infratuzilma dasturi doirasida Respublika budjet mablag‘lari hisobidan 17,0 mln dollar (reja 13,7 mln dollar, 124%) va-yildan-yilga o‘tuvchi soha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha 7,1 mln dollar (reja 3,8 mln dollar, 186%) o‘zlashtirildi.

Yil yakuni bilan, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 664,4 mln dollar o‘zlashtiriladi (2025-yil amalda o‘zlashtirish 476,3 mln dollarga nisbatan 139 % ni tashkil etadi).

Shundan:

· xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 516,6 mln dollar;

· davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari 232,5 mln dollar, boshqa xorijiy investitsiya mablag‘lari 284,1 mln dollar;

· soha mablag‘lari hisobidan 27,8 mln dollar;

· tijorat banki kreditlari hisobidan 60,0 mln dollar;

· tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan  60,0 mln dollarni tashkil etadi.

· 22,0 mln dollar bo‘lgan 2 ta (“Mergancha” podstansiyasi – yangi qurilish, “Beruniy” podstansiyasi – rekonstruksiya) loyiha ishga tushiriladi, natijada 250 MVA quvvatli 1 ta podstansiya (“Mergancha” podstansiyasi) hamda 2 km 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i foydalanishga topshiriladi;

· yangi qurilish va modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar natijasida jami 1 102 MVA (9 ta podstansiyada) qo‘shimcha quvvat yaratiladi;

ishga tushiriladigan investitsiya loyihalari hamda dasturlar doirasida tizim korxonalarida 38 ta yangi ish o‘rnini yaratiladi.

3.1. Vazirlar Mahkamasining 598-sonli qarori ijrosi bo‘yicha (Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish):

Loyihaning umumiy qiymati 1 424 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2025–2026-yillarda amalga oshirilishi belgilangan. “Tayyor holda topshirish” sharti bilan Bosh pudratchi “O‘zenergotaʼmir” AJ, subloyihachi “O‘zenergoinjiniring” AJ, tuzilgan shartnomaga asosan uzoq muddat tayyorlanadigan uskunalarni xarid qilish uchun 503,4 mlrd so‘m, qurilish-montaj ishlari uchun 215,7 mlrd.so‘m jami 719,1 mlrd. so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan.

1-chorakda qurilish-montaj ishlari doirasida 69,0 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.Qarorga muvofiq jami 40 ta obyektda (23 ta podstansiya, 17 ta elektr uzatish tarmog‘i) modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi, barcha obyektlar bo‘yicha zarur bo‘lgan loyihaoldi va loyiha hujjatlari bosh pudratchiga taqdim qilingan.

23 ta podstansiyadan, 5 tasi yangi quriladi, 18 tasida modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi. 5 ta yangi quriladigan podstansiyalarning 3 tasida ishlar boshlangan (Iykota, Yangi Avlod, Do‘stlik), 1 tasida loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, uskunalarga buyurtma berildi, temir-beton mahsulotlari olib kelinib, o‘rnatilmoqda (Qumariq), 1 tasida yer ajratilib, loyiha ishlari bajarilmoqda (Qo‘shko‘prik).

18 ta modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi belgilangan podstansiyalardan, 17 tasida ishlar boshlangan: MJK, Risovaya, Beshqo‘rg‘on, “ODO”, “Yurtim”, “Sevinch”, “O‘zgarish”, “Prigorod”, Ikarus Istiqbol”, “Panel”, “Podyomnik”, “Bunyodkor”, “Algoritm”, “Shayxontohur”, “DOZ”, “Karvon”.

·  1 tasida loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda (“Salar”);

·  17 ta tarmoqlardan, 8 tasi yangi quriladi va 9 tasi modernizatsiya qilinadi;

·  8 ta tarmoqlardan, 1 tasida ishlar yakunlangan (L-Istiqlol 1,2 110 kV);

·  4 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda (Qo‘yliq-Xosilot, Toshkent Siti-O‘zbekiston, Iykota va Yangi avlod elektr tarmoqlari);

·  3 tasida loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda (Do‘stlik, Qumariq, Qo‘shko‘prik);

·  9 ta tarmoqdan, 3 tasida ishlar yakunlangan (Sputnik-Karyer, Yurtim-TS-5, Botanika-O‘zbekselmash);

6 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda (Qatortol-Yuvelir, Yunusobod-ODO, Qo‘yliq-Panel, Tekstilniy-TTM, Botanika-ODO hamda “Yangi Avlod” MSZ hududidan o‘tgan EUTni ko‘chirish).

Batafsil

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati