2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
HUQUQIY TARG‘IBOT: 2026-yilda energiya samaradorligi yana-da oshiriladi
  • 06.05.2026
  • 8

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 

❗️ 2026-yilda energiya samaradorligi yana-da oshiriladi

“2026-yilda energiya samaradorligini yana-da oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Ø Elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.

❇️ Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida ko‘rsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.

⇒ 2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.

✔️ 2026-yil 1-oktabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida energiya isteʼmolini va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

▶️ Manba 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati