
♦ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda podstansiya boshlig‘i va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida fuqaro muhofazasi tuzilmalari, muhandis-texnik xodimlar, tibbiy xodimlar hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi.
► Mashg‘ulot davomida:
✔️ zilzila vaqtida harakatlanish,
✔️ xodimlarni evakuatsiya qilish,
✔️ binoda qolib ketgan shaxsni qutqarish,
✔️ yong‘inni bartaraf etish,
✔️ birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
♦ Tadbir yakunida xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi harakatlari qoniqarli deb baholanib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️ Xavfsizlik — doimiy e’tibor markazida!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!