2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Podstansiyalarda reja asosidagi texnik ishlar olib borilmoqda
  • 13.05.2026
  • 12

35/6 kV kuchlanishli “G‘alaba” podstansiyasida T-1 6300 kVA quvvatli transformatorida reja asosidagi joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish jarayonida V-T1-35, V-T1-6, TS-6-1 hamda SSh-6-1 qurilmalarida texnik ko‘rik va joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, uskunalarda sinov ishlari o‘tkazilib, releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirilmoqda.

⚙️ Mazkur tadbirlar elektr uskunalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan.

► Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot