

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida “Elektr energetika sohasida mehnatni muhofaza qilishning boshqaruv tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har oyning ikkinchi seshanba kuni “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
► 2026-yil may oyida o‘tkazilgan “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbiriga filial tomonidan buyruq asosida mas’ullar biriktirilib, “O‘zbekiston”, “O‘zgarish”, “Povulg‘on”, “Farg‘ona”, “2-A” va “Sokin” podstansiyalari, guruh hamda xizmat bo‘limlarida joyiga chiqqan holda nazorat va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
2026-yil davomida ushbu tadbirlar doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali xizmat, guruh va podstansiyalarida xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaldagi qonun-qoida, yo‘riqnoma va standartlarga rioya etilishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
☺️ Shuningdek, tadbir doirasida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari va turli sport tadbirlari ham tashkil etildi. Mazkur musobaqalar xodimlar o‘rtasida do‘stona muhit va yuqori kayfiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling
https://t.me/FargonaMET_Axborot