2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Podstansiyalarda reja asosidagi texnik ishlar amalga oshirildi
  • 22.05.2026
  • 18

110/10 kV kuchlanishli “Yangi” podstansiyasida V-Navro‘z fiderida aniqlangan texnik nosozliklar bartaraf etildi. Releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirilib, zarur texnik nazorat ishlari amalga oshirildi.

⚡️110/35/10 kV kuchlanishli “Ziyox” podstansiyasida SSh-10-1 hamda TN-10-1 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 110/6 kV kuchlanishli “Sharqiy” podstansiyasida V-53 fiderida aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, releli himoya qurilmalari tekshirildi.

Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot