2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 500/220/10 kV kuchlanishli "Toshkent" podstansiyasida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
  • 25.05.2026
  • 14

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 500/220/10 kV kuchlanishli "Toshkent" podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

► Tadbirda Toshkent viloyatida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari o‘rganildi.

♦ Mashg‘ulotlarda energetika obyektining fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lganda Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

⇒ Shuningdek, tadbir davomidagi o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.

≈ Tadbir yakunida mashg‘ulot muhokamasi o‘tkazilib, qatnashchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir xizmat xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari, xususan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va o‘t o‘chirishdagi tezkor harkati bo‘yicha bilimlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.

► O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad: Fuqaro muhofazasi yuzasida tayyorgarlik darajasini amalda sinab ko‘rish, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt ishchi xizmatchilarining harakati va o‘tkaziladigan tadbirlarga aniqliklar kiritish, fuqaro muhofazasi rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini har qanday vaziyatda asosli qarorlar qabul qilish va samarali harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatishdan iborat. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga aʼzo bo‘ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot