2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
1-IYUN: BUGUN BOLALARNI HIMOYA QILISH XALQARO KUNI
  • 01.06.2026
  • 11

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha bolajonlarni, xususan yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod vakillarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi.

✔️ Keling, ushbu sana tarixiga nazar solaylik...

⇒ 1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni taʼminlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.

1950-yildan eʼtiboran 1-iyun Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlana boshladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat