

♦ Gullar festivali ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashmoqda
Namangan — gullar va go‘zallik shahri sifatida yana bir bor o‘zining betakror jozibasi bilan yurtimiz va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan 65-Gullar festivali rang-barang kompozitsiyalar, nafis bezaklar va ko‘tarinki kayfiyat bilan barchaga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.
Mazkur festivalda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham sifatida ishtirok etib, bayram shukuhidan bahramand bo‘lmoqdalar.
Gullar jilosi, bahor nafasi va ezgu kayfiyat uyg‘unlashgan ushbu fayzli tadbir ishtirokchilarga estetik zavq ulashib, ularning qalbida yorqin va iliq xotiralar qoldirmoqda.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!

NAMANGAN VILOYATI: Gullar festivali ishtirokchilari Afsonalar vodiysida
♦ 65-Gullar festivali doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar sayohatning ikkinchi kunida “Afsonalar vodiysi” tematik parkida mehmon bo‘lishdi.
⇒ Ishtirokchilar zamonaviy atraksionlarda hordiq chiqarib, go‘zal manzaralar va ko‘ngilochar dasturlardan bahramand bo‘lishdi.
► Esdalik suratlari va samimiy muloqotlarga boy ushbu sayohat ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati