2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi
  • 09.06.2026
  • 2

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110 kV kuchlanishli "So‘fiqishloq" podstansiyasida 110 kV kuchlanishli "Zavroq" boʻlinmasidagi liniya ajratgichida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

 Ajratgichning tashqi holati va mexanizmlar koʻzdan kechirildi;

 Kontakt va bogʻlovchi qismlarning mexanik ishlashi tekshirildi;

 Ajratgich laboratoriya sinovidan oʻtkazilib, kontakt va izolyatsiya qarshiligi oʻlchandi.

Maqsad: Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasini uzluksiz va xavfsiz uzatilish jarayonini taʼminlab, taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr ta’minoti yetkazib berishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot