

Bugun, 2026-yil 9-iyun kuni soat 15:00 dan 17:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Kapital qurilish boshqarmasi Loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassisi lavozimi;
2️⃣ Kapital qurilish boshqarmasi Loyihalarni amalga oshirish guruhi bosh mutaxassisi lavozimi;
3️⃣ Innovatsiya va ilmiy rivojlantirish boshqarmasi Qurilish loyihalarni ekspert sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimi.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
⇒ Onlayn rezyume
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati