

© «Yoshlar» telekanali, «Rostini ayting» tok-shousi
⚡️ Mavzu: «YASHIL ENERGETIKA ISTIQBOLLARI»
► Youtube’da ko‘rish
⚡️ O‘zbekiston 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan.
✅ Buning uchun mamlakatda umumiy quvvati 20 GVtdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
• 2030-yilga kelib mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan. Bu aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘liq taʼminlash imkonini beradi.

► Telekanal ijodkorlari o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov intervyulari bilan tanishing!
• Yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb qilish, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish va yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
• Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi yiliga 8-10 million tonnadan ortiqqa qisqarishi kutilmoqda. Bu mamlakatning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajarishiga ham xizmat qiladi.
⇒ Xulosa qilib aytganda, 54 foizlik maqsad energetik xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini jadallashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati