
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi boshlig'i Ravshanjon Yoqubjonov O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga kiritilayotgan yangiliklar haqida radiotinglovchilarga axborot berdi.
Radioboshlovchi — jurnalist Dilfuza Yusupov.
► Youtube’da ko‘rish
⚡️ Elektr energiyasi ham neʼmat. Uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, asrash masʼuliyati — barchamiz uchun vijdon ishi, burch bo‘lishi kerak. Bunda aholi sarflayotgan oylik yoki yillik elektr energiya hajmini o‘zi mustaqil nazorat va tahlil qilib borishi, xulosa qilishi, tabiiy ravishda tejamkorlikni taʼminlashi samarali natija beradi.
✅ Masalaning yana bir jihati, energiya tejamkorlikni doimiy madaniyatga aylantirish uchun moliyaviy motivatsiya ham bo‘lishi kerak. Agar elektr narxi bozor narxidan bir necha barobar arzon bo‘lsa, tejamkorlik haqidagi maʼruza va nasihatlar ish bermasligi aniq.
Aholini elektr bilan uzluksiz taʼminlashda isteʼmol madaniyatini oshirish qanchalik muhim bo‘lsa, energetik infratuzilmani modernizatsiya qilish ham xuddi shunday dolzarb ahamiyatga ega. Buning uchun narx shakllanishi jarayoniga bozor mexanizmlarini joriy etish, shu orqali qo‘shimcha mablag‘ va imkoniyatlarga ega bo‘lib, tizimni yangilash lozim.
→ Isrofgarchilik — resurslar kamayib borayotgan sharoitda tizim barqarorligiga berilgan zarbadir. Bugungi tejamkorlik — bu uydagi qulaylikdan voz kechish emas, balki texnikadan oqilona va texnologik yondashuv bilan foydalanishdir. Agar bunday tejamkorlik aholi orasida ommaviy tus olsa, bu muntazam o‘chishlarning oldini olish hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati