

O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i D. Isaqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli energetika obyektlarida mavsumiy yuqori iste’mol sharoitiga tayyorgarlik jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Asaka tumanida joylashgan 500 kV kuchlanishli “Lochin ” podstansiyada boʻlib, mutaxassislarga texnik qurilmalarni ekspluatatsiya qilish va modernizatsiya ishlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish davomida ushbu obyektda mutaxassislar tomonidan barcha zarur texnik tadbirlar belgilangan tartibda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib borilishi ko‘zdan kechirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali