

►Chilonzor tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Bunyodkor” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
❗️Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatilgan ayrim iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida zaxira elektr tarmoqlari va dizel generatorlardan foydalanilmoqda.
⚙️ Ayni paytda mutaxassislar tomonidan zarur texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
⚡️ Isteʼmolchilar elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
⇒AXBOROT XIZMAT