

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi “O‘zbekiston”, “O‘zgarish”, “2A”, “Sokin”, “Povulg‘on” hamda “Farg‘ona” podstansiyalarida rejali joriy ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida elektr uskunalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida kabel kanallariga qumli to‘siqlar o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, podstansiyalar hududida obodonlashtirish, hududlarni begona o‘tlardan tozalash hamda estetik holatni yaxshilash ishlari bajarilmoqda.
⚙️ Mazkur tadbirlar elektr energiyasini uzatish tizimining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling