2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AXBOROT XIZMATI: Murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir axborot hamda tavsiyalar
  • 16.06.2026
  • 3

Live

✔️ AXBOROT XIZMATI: Murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir axborot hamda tavsiyalar

► Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.

► Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

♦ Youtube’da ko‘rish

⚠️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma’lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.

❗️ Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-60-35 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya’ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 55-503-1392 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6226 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

⇒ 2021-yildan Call sentry +998 (55) 500-5545 raqamining ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirilgan.

♦ Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 12 ta boshrukn, 78 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.

▶️ Batafsil hisobot-ma’lumotnoma

✍️ U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati