
✍️ «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Mahalliy yangiliklar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mahalliylashtirish va standartlashtirish departamenti mutaxassisi Kazakova Evelina Reshatovna O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga kiritilayotgan yangiliklar hamda energiya tejamkorligi va samaradorligi haqida radiotinglovchilarga axborot berdi.
⇒ Radioboshlovchi — Nigora Abdullayeva.
► Youtube
⚡️ Bugungi kunda O‘zbekistondagi 8,2 milliondan ortiq aholi abonentlarining asosiy isteʼmoli sovitish va isitish tizimlari hamda “kutish rejimi”dagi texnikalarga to‘g‘ri kelmoqda.
► Konditsioner misolida oladigan bo‘lsak, agar har bir xonadon yoz kunlarida konditsioner haroratini atigi 2 darajaga yuqoriroq (masalan, 18°C emas, 24°C) qilib belgilasa, bu har bir qurilmaning energiya sarfini 15-20 foizgacha kamaytiradi. Respublika miqyosida bu bir kunda o‘rtacha 12-15 million kVt⋅soat elektr energiyasi tejaladi, deganidir.
✅ Qolaversa, televizor, kompyuter va quvvatlantirgichlarni (zaryadka) rozetkada qoldirish — “kutish rejimi”da oyiga o‘rtacha 7-10 kVt⋅soat behuda energiya sarfini yuzaga keltiradi. Butun mamlakat bo‘yicha bu yiliga qariyb 800 million kVt⋅soatdan ortiq isrofgarchilikdir.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati