2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxtdagi energetika obyektlari modernizatsiya qilinmoqda
  • 18.06.2026
  • 36

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Yurtim” podstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya loyihasi haqida ma’lumot.

⚡️ Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Yurtim” podstansiyasi 1964-yilda foydalanishga topshirilgan. Mazkur podstansiyada quvvati 2×40 MVA bo‘lgan transformatorlar o‘rnatilgan. Bugungi kunda aholi va ishlab chiqarish obyektlari sonining ko‘payishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishi natijasida iste’molchilar soni 48 750 taga yetgan. Natijada iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda yuklama bilan bog‘liq o‘ziga xos muammolar yuzaga kelmoqda edi.

⚡️ Shu sababdan 2025-yil 22-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 598-sonli qarori 2-ilovasi asosida “Yurtim” podstansiyasida modernizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ ajratilgan. Qarorga muvofiq buyurtmachi etib “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali hamda “Tayyor holda topshirish” sharti bilan “O‘zenergota’mir” AJ bosh pudratchi etib belgilangan.

✅ Ushbu qaror doirasida podstansiyadagi mavjud quvvati 2×40 MVA bo‘lgan transformatorlarni quvvati 2×63 MVA bo‘lgan transformatorlarga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda hamda barcha elektr qurilmalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

✅ Modernizatsiya ishlari yakunlangach, 48 750 nafar aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Shuningdek, 61 MVA qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi, podstansiyadagi elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlanadi.
 

✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot