

© «Nurafshon» telekanali, «NIGOH» loyihasi (podkast)
⚡️ Mavzu: «Yashil energetika yo’lidagi islohotlar, energiya tejamkorligi va samaradorligi» (1-qism)
► Youtube’da ko‘rish
❗️ Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir.
✈️ Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.
—
♦ Yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb qilish, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish va yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
♦ Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi yiliga 8-10 million tonnadan ortiqqa qisqarishi kutilmoqda. Bu mamlakatning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajarishiga ham xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati