2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Bugun ikki viloyatda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
  • 11.06.2026
  • 6

#ochiq_muloqot

Bugun ikki viloyatda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
 
Bugun, 11-iyun kuni Energetika vazirligi tomonidan Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Unda kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etib, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
 

Xususan, Navoiy viloyatida o‘tkazilgan ochiq muloqotda Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Po‘latov hamda soha mutasaddilari qatnashdi.

Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda esa Energetika vazirligining Strategik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Xudoberdiyev, hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Ochiq muloqotlar davomida bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
 
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini eshitish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Manba:  https://t.me/minenergy_uz/20087

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat