

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari B.H.Murodov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan ekspluatatsiyaga oid jarayonlar bilan bevosita tanishish maqsadida 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida bo‘ldi.
✅ Shuningdek, energetika obyektida Boburjon Hakimjonovich podstansiyaning ishchi xodimlari bilan ochiq muloqot suhbati tashkil etib, har bir xodimning talab va takliflarini tingladi. Malakali kadrlar tayyorlash uchun mutaxassis xodimlarga "Ustoz-shogird" an’anasiga e’tibor berib, yoshlarning bilim-salohiyati oshirish kerakligini ta’kidladi.
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati