
|
1. |
Bo‘sh lavozim nomi |
Ichki audit xizmati auditori |
|
2. |
Hisobdor |
Kuzatuv kengashiga |
|
3. |
Bevosita rahbari |
Ichki audit xizmati rahbari |
|
4. |
Vazifalari va funksional majburiyatlari
|
Ichki audit natijalari bo‘yicha Jamiyat Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va Jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; ichki audit davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni Jamiyat Boshqaruviga tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; barcha aksiyadorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; Jamiyatning buxgalteriya hisobi tizimining ishonchliligi, to‘liqligi, xolisligi va moliyaviy hisobotining ishonchliligini baholash. Jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha) o‘tkazish: • tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishi; • korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilish; • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holati; • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi; • moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka rioya qilish; • aktivlar holati; jamiyat tomonidan tuziladigan xo‘jalik shartnomalarini ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish; buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatga uslubiy yordam ko‘rsatish, moliya, soliq, bank va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahat berish; Jamiyat Kuzatuv kengashi va Boshqaruviga texnik vazifalarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik va baholovchi tashkilotlarning takliflarini baholashda, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalar tayyorlashda ko‘maklashish; Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini monitoring qilish; mo‘ljallanayotgan yirik bitim, Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan bitim yoki Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan yirik bitim bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganish va berish; Jamiyatning ichki nazorat tizimi va Jamiyatning kompaniyalar guruhi faoliyati muvofiqligi va samaradorligini baholashni amalga oshirish; Jamiyatda va Jamiyatning kompaniyalar guruhida xatarlarni boshqarish tizimining samaradorligini baholash; Jamiyatda va Jamiyatning kompaniyalar guruhida qabul qilingan korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi va ularga rioya etilishini baholash. |
|
Nomzodga qo‘yiladigan talablar |
||
|
1. |
Ma’lumoti |
Oliy, MBA darajasiga ega bo‘lish maqsadga muvofiq |
|
2. |
Mutaxassisligi |
Iqtisodiyot/Moliya/Biznes |
|
3. |
Ish tajribasi
|
Ichki audit xizmati auditori asosan: Moliya, Davlat moliyaviy nazoratida, Buxgalteriya hamda energetika sohalarida, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘lik bir yoki bir nechta bo‘limlarda yoki ichki va tashqi auditor lavozimida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; Ichki auditorlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarini va ichki auditning xalqaro professional standartlarini bilishi; O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini, shu jumladan auditorlik faoliyati, buxgalteriya hisobi, soliq solish masalalarini bilishi lozim. |
|
4. |
Maxsus ko‘nikmalar
|
➤ Moliyaviy rejalashtirish va tahlil usullarini, moliyaviy va buxgalteriya hisoboti asoslarini bilish; tashkilotning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilish; buxgalteriya hisobini tashkil etish, moliyani boshqarish va soliq solish masalalari bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni bilish; ✓ Kompetentlilik, mas’uliyatlilik, professionallik; |
|
5. |
Xorjiy tillarni bilish bo‘yicha |
⁃ Ingliz va russ tillari; |
|
6. |
Kompyuter savodxonligi |
Ishonchli foydalanuvchi (1C, SAP (Ariba, S/4 HANA), MS office va boshqalar.); |
|
Hamkorlik shartlari |
||
|
1. |
Bandlik shakli (shtatlari birligida) |
Jamiyat joylashgan mazildagi ofisda, to‘liq ish kuni |
|
2. |
Sinov muddati |
3 oy |
|
3. |
Xizmat safarlariga |
Aksiyador va kuzatuv kengashi hamda Ichki audit xizmati boshlig‘ining talabiga ko‘ra amalga oshiriladi. |
|
Qo‘shimcha talablar |
||
|
1. |
Sertifikatlarning mavjudligi
|
Quyidagi xalqaro auditorlik sertifikatiga ega bo‘lish yoki O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining amaldagi auditorlik sertifikatiga ega bo‘lish yoki ulardan birini olish yo‘lida sezilarli darajadagi natija bo‘lishi lozim: ✓ CIA (Certified Internal Auditor) sertifikati; ✓ ACCA (Association of Certified Chartered Accountants) sertifikati; ✓ CIPA (Certified International Professional Accountant) sertifikati; ✓ CPA (Certified Public Accountant) sertifikati; ✓ DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) diplomi; ✓ DipCPIA (Certified Professional Internal Auditor) diplomi; ✓ CFE (Certified Fraud Examiner) sertifikati; ✓ CISA (Certified Information Systems Auditor) sertifikati; ✓ CISM (Certified Information Security Manager) sertifikati |
|
2. |
Shaxsiy fazilatlari
|
➤ tahliliy fikrlashning yuqori darajasi; ✓ Natijaga yo‘nalganlik; ➤ Fikrlashning yuqori tizimliligi va moslashuvchanligi, ishning izchilligi; ✓ Yuqori ish qobiliyati va natijaga bo‘lgan motivatsiya; ✓ Jamoa bilan ishlash qobiliyati; ➤ Ko‘p vazifali rejimda ishlash; |
|
3. |
Sohalar |
Moliya, Davlat moliyaviy nazorati, Buxgalteriya soxalarya Energetika, Neft va gaz; Yengil/og‘ir sanoat; |
|
4. |
Qaysi nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi. |
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan |
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati