2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: Davlatobod tumanida joylashgan energetika obyektlari faoliyati o‘rganildi
  • 25.06.2026
  • 5

⚙️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B.H.Murodov magistral elektr tarmoqlari obyektlarida olib borilayotgan ekspluatatsiya va modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor”, 110/35/6 kV kuchlanishli “Olmazor”, 110/35/10 kV kuchlanishli “Yuksalish” hamda 110/10 kV kuchlanishli “Parrandachi” podstansiyalarida bo‘ldi.

► Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) ishtirokida amalga oshirilayotgan “Raqamli transformatsiya va taqsimlash tarmog‘ining barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida modernizatsiya va rekonstruksiya qilinayotgan 110/10 kV kuchlanishli “Parrandachi” podstansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot