2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: “Yuksak” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariyaviy holat yuzasidan rasmiy ma’lumot
  • 28.06.2026
  • 11

Soat 20:45 da Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida nosozlik bo‘lgan.

Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr taʼminotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Mirobod, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida elektr ta’minoti tiklandi

Ayni paytda Energetika vaziri boshchiligida barcha tegishli masʼullar podstansiyada bo‘lib, nosozlikni tiklash ishlari nazorat qilinmoqda.

Hozirda barcha iste’molchilarning elektr taʼminotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilyapti.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Rasmiy ma’lumot

Avval xabar qilinganidek, 28-iyun kuni soat 20:45 da Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariyaviy holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, podstansiyadagi 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda “Toshkent IEM”dagi 2 ta gaz turbina qurilmasi jami 60 MVt quvvat bilan o‘chgan.

Natijada Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod va Uchtepa tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 mingta iste’molchi, shuningdek, ayrim kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti uzilgan.

Tezkor avariya-tiklash ishlari natijasida:

21:50 da Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi 90 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;

29-iyun soat 00:08 da Mirobod tumanidagi 50 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;

00:09 da Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridagi yana 8 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;

00:25 da Chilonzor tumani hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi.

Hozirda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 2 MVt yuklama bo‘yicha tiklash ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida kuzatilgan nosozlik oqibatida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/20286

https://t.me/minenergy_uz/20287

https://t.me/minenergy_uz/20288

https://t.me/minenergy_uz/20289

https://t.me/minenergy_uz/20290

 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati:

https://t.me/poytaxt_uz/50249
https://t.me/poytaxt_uz/50250
https://t.me/poytaxt_uz/50252
https://t.me/poytaxt_uz/50254
https://t.me/poytaxt_uz/50256
https://t.me/poytaxt_uz/50257
https://t.me/poytaxt_uz/50259
https://t.me/poytaxt_uz/50260

Times.uz:
https://t.me/times_officialuz/28547
https://t.me/times_officialuz/28552
https://t.me/times_officialuz/28553
https://t.me/times_officialuz/28554
https://t.me/times_officialuz/28555

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati