

Bugun, 2026-yil 26-iyun kuni soat 15:00 dan 17:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Releli himoya va avtomatika xizmati Izolyatsiya, o‘ta kuchlanishdan himoya, metrologiya, teplovizor va RHAX laboratoriya yetakchi muhandisi lavozimi
2️⃣ Releli himoya va avtomatika xizmati, Releli himoya va avariyaga qarshi avtomatika tizimidan foydalanish sho‘basining yetakchi muhandisi lavozimi.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
✅ Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati