2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Energetika obyektlarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
  • 30.06.2026
  • 7

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi energetika obyektlarida obodonlashtirish va hududlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

► Obodonlashtirish tadbirlari davomida obyektlar atrofi o‘t-o‘lanlardan tozalandi, hududlar tartibga keltirilib, devorlar va yo‘l chetlari oqartirildi. Shuningdek, sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiq boshqa zarur ishlar ham bajarildi.

Mazkur tadbirlar energetika obyektlarida ozodalikka rioya etish, xavfsizlikni ta’minlash hamda ishchi-xodimlar uchun yanada qulay mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot