

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevral kunidagi PQ–113-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10/6 kV kuchlanishli “Povulg‘on” podstansiyasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
✅ Yig‘ilishda filial direktori rahbarligida podstansiyaga o‘rnatilishi rejalashtirilgan 125 MVA quvvatli 2 dona kuch transformatorini montaj qilish hamda loyiha doirasida himoya panellarini joylashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi va zarur tashkiliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
⇒ Mazkur loyiha mavjud quvvatlarni kengaytirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling