

"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali "O‘zbekiston", "O‘zgarish", "2A", "Sokin", "Povulg‘on" va "Farg‘ona" podstansiyalarida joriy ta’mirlash va estetik holatni yaxshilash ishlari amalga oshirildi.
♦ Xususan:
⚡️ 500/220/10 kV kuchlanishli "O‘zbekiston" podstansiyasida reaktor tosh-shag‘allarini almashtirish ishlari hamda estetik holatni yaxshilash ishlari;
⚡️ 220/110/10 kV kuchlanishli "O‘zgarish" podstansiyasida ikkilamchi zanjirni montaj qilish hamda hududni estetik holatini yaxshilash ishlari;
⚡️ 220/110/10 kV kuchlanishli "Sokin" podstansiyasida suv quvurlar tizimini yangilash hamda hududni estetik holatini yaxshilash ishlari;
⚡️110/35/6 kV kuchlanishli "2A" podstansiyasida farmoyish bilan moyli o‘chirgichlardan kondensat to‘kish va estetik holatni yaxshilash ishlari;
⚡️ 220/110/10/6 kV kuchlanishli "Povulg‘on" podstansiyasida modernizatsiya doirasida OTQ-110 kV kabel kanal yo‘llarini bitumlash va o‘rnatish ishlari;
⚡️ 220/110/10 kV kuchlanishli "Farg‘ona" podstansiyasida xo‘jalik hududini estetik holatini yaxshilash ishlari bajarilmoqda.
✅ Mazkur ishlar podstansiyaning ishonchliligi va barqaror ishlashini yanada oshirish bilan birga, hudud iste’molchilarini sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling