2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Sardor” podstansiyasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda
  • 06.07.2026
  • 29

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi quvurlarini bo‘yash ishlari bajarildi.

⚙️ Mazkur ishlar avtomatik yong‘in o‘chirish tizimining texnik holatini saqlash, uning uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash hamda korroziyaning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Podstansiyalarda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, muhandislik tizimlarini doimiy soz holatda saqlash va profilaktik xizmat ko‘rsatish elektr ta’minoti barqarorligi hamda energetika obyektlarining xavfsiz ekspluatatsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot