2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 08.07.2026
  • 54

BO‘SH ISH O‘RNI:

✅ «Jahon banki» loyihalarini amalga oshirish guruhining dasturiy ta’minot (ERP) bo‘yicha muhandisi lavozimi

❗️ TALABLAR: Mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumot (Dasturiy injiniring, Raqamlashtirish) ; IT sohasida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi; davlat tili va rus tili (ingliz tilini bilishi ustunlik beradi) mukammal bilishi zarur.

Qo‘shimcha talablar:

✔️SAP S/4HANA platformasi negizidagi funksional modullar, jumladan TOiR (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash), Moliya va Logistika modullarini ishlab chiqish (development), moslashtirish (adaptation) va joriy etish jarayonlarida ishtirok etish.
✔️API, REST va SOAP texnologiyalari asosida tashqi axborot tizimlari, jumladan ASKUE (EHHNT), bank tizimlari va ESF (EHF) bilan ma’lumot almashinuvi interfeyslarini ishlab chiqish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
✔️API arxitekturasi va ishlash tamoyillarini yaxshi tushunish, veb-xizmatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
✔️Masofaviy serverlar bilan ishlash hamda versiyalarni nazorat qilish tizimlaridan (Git va boshqalar) foydalanish tajribasiga ega bo‘lish.
✔️SAP HANA ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash va optimallashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

⚠️ Nomzodlar diqqatiga! Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

Vaqt va muddatlar:

❗️ Nomzodlar diqqatiga! Suhbat vaqti: 10-iyul kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi 

Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida 

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. 

Murojaat uchun: 71-236-6615.

⇒ Onlayn rezyume 

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz 

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati