2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: JAZIRAMA KUNLARDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI – DOIMIY NAZORAT OSTIDA!
  • 14.07.2026
  • 3

Ayni kunlarda poytaxtimizda havo haroratining keskin ko‘tarilishi elektr energiyasi iste’molining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarga tushayotgan yuklama ham sezilarli darajada oshmoqda.

♂️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

► 220 kV, 110 kV va 35 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr uzatish tarmoqlarida:

✔️ Teplovizor nazoratlari muntazam olib borilmoqda;
✔️ Transformatorlar, o‘chirgichlar va boshqa elektr uskunalarining texnik holati doimiy kuzatilmoqda;
✔️ Navbatchi va tezkor-ta’mirlash brigadalari 24/7 shay holatda xizmat olib bormoqda;
✔️ Aniqlangan kamchilik va nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda;
✔️ Elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlar jadallashtirilgan.

⚙️ Asosiy maqsad — yozning eng issiq kunlarida poytaxt iste’molchilarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini kafolatlashdir.

! Hurmatli iste’molchilar!

Elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishingiz elektr ta’minoti tizimiga tushayotgan yuklamani kamaytirishga hamda barqaror elektr ta’minotini saqlashga xizmat qiladi.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yo‘lida tunu kun xizmatda!

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot