2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MA’LUMOT !!!
  • 17.07.2026
  • 3

⚠️ MA’LUMOT !!!

Avval xabar berganimizdek, Chilonzor tumanidagi 35/6 kuchlanishli “Chilonzor” podstansiyasi hamda 35/6 kuchlanishli “Plastmass” podstansiyasidan ta’minlanuvchi iste’molchilarda elektr ta’minotidan vaqtincha uzulishlar kuzatilmoqda.

⚡️ Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Hurmatli iste’molchilar!

Chilonzor tumanidagi 35/6 kV kuchlanishli “Chilonzor” podstansiyasi orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi ayrim hududlarda elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

► Ayni vaqtda mutaxassislar voqea joyida uzluksiz ish olib bormoqda. Elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda qayta tiklash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 



⚡️ Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

! Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va bildirilayotgan sabr-toqat hamda ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz.

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI