
Mirobod tumani aholisiga
Sergili tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Teplichnaya” podstansiyasining Mirobod tumaniga boruvchi “Chirchiq-1” 10 kV yacheykasida nosozlik holati aniqlandi. Avariya holatining oldini olish va aniqlangan nosozlikni bartaraf etish maqsadida, elektr uskunasi soat 16:50 dan 19:00 gacha ta’mirlash uchun o‘chiriladi.
Natijada Mirobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
► Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Avval xabar berganimizdek, Sergili tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Teplichnaya” podstansiyasining Mirobod tumaniga boruvchi “Chirchiq-1” 10 kV yacheykasidagi nosozlik bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
► Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI