

Avval xabar berganimizdek, bugun soat 17:34 da 220 kV kuchlanishli L–Yuksak elektr uzatish liniyasida nosozlik yuzaga kelgan edi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan olib borilgan ta’mirlash va tiklash ishlari yakuniy bosqichga yetkazildi.
⚡️ Ayni vaqtda elektr uzatish tarmog’ini bosqichma-bosqich normal ish rejimiga qaytarish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo’yicha so’nggi texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ko’rsatilgan sabr-toqat va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
⚡️ TA’MIRLASH-SOZLASH ISHLARI YAKUNIGA YETDI!
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 17:34 da 220 kV kuchlanishli L–Yuksak elektr uzatish liniyasida nosozlik yuzaga kelgan edi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan ta’mirlash-sozlash ishlari yakuniga yetib, tarmoqqa kuchlanish berildi.
Shuningdek, L-Bog’zor-1 va L-Bog’zor-2 liniyasiga ham kuchlanish berildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI