

110/10 kV kuchlanishli “Yangi” podstansiyasida V-T1-10 hamda V-Navro‘z fiderlarida aniqlangan texnik kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borildi.
Ish jarayonida uskunalar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi. Shuningdek, releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirilib, ularning ishonchli faoliyati nazorat qilindi.
Mazkur texnik tadbirlar elektr uskunalarining me’yoriy ish rejimini tiklash hamda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borilmoqda.
♦ Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI