

Avval xabar berganimizdek, iyul oyining ikkinchi dekadasida, yaʼni havo haroratining keskin oshishi tufayli mamlakatimizning barcha hududlaridagi energetika obyektlarida kuchaytirilgan ish tartibida (24/7 rejimida) ishlash, navbatchiliklarni tashkil etish joriy etilgan edi.
Shuningdek, elektr energiyasi isteʼmol hajmining yuqori ko‘rsatikichga chiqqani tufayli magistral tarmoqlariga tushayotgan yuklamada texnik nosozliklarning oldini olish va tezkor bartaraf etish maqsadida Toshkent shahriga «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» hamda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiallaridan bir nechta navbatchi brigadalar jalb qilingan edi.
Yordamchi brigada aʼzolari o‘tgan 10 kun davomida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari, almashib navbatchilikda turish, texnik profilaktika va taʼmirlash-sozlash ishlarida poytaxtlik hamkasblariga yordam berishdi. Yordamchi xodimlarga lozim mehnat sharoiti, yotoq va oziq-ovqat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Ular zarur ehtiyot qismlari va himoya vositalari hamda avtotransport bilan taʼminlandi.
Bugun ushbu yordamchi brigadalarni o‘z xizmat nuqtasiga kuzatish, ko‘rsatgan yordami uchun ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, xususan «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi yordamga kelgan hamkasblariga o‘z minnatdorligini izhor etadi.
Matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat