

Bugun, 2026-yil 22-iyul kuni Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B.X.Murodov fuqarolar murojaati uchun ajratilgan ofis xonasida fuqarolar murojaati yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi hamda Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Qoraqalopog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qizil-Choli” MFYda yashovchi fuqaro Xudoyor Matyoqubovga energetika obyektlarida ishlovchi personallarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ishqa qabul qilish tartibi hamda olis hududdagi podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun (xizmat obyektida) qo‘shimcha (yangi) shtat ochish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq, tegishli huquqiy-normativ hujjatlar asosida tashkil etilgani tushuntirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat