2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda transformatorlarning sovutish tizimlari nazoratdan o‘tkazilmoqda
  • 24.07.2026
  • 20

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarda transformatorlarning sovutish tizimlarini tekshirish ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan transformatorlarning ventilyatorlari, moy aylanish tizimlari, sovutish radiatorlari hamda yordamchi uskunalarining texnik holati nazoratdan o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida aniqlangan nosozliklar tezkor ravishda bartaraf etilib, yaroqsiz qismlar ta’mirlanmoqda yoki almashtirilmoqda.

 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI